avatar
Куч
1888.97
Рейтинг
+697.90

Nodir Yulchiyev

Мақолалар

G’alaba sari tashlangan shahdam qadamlar

Cпорт-саломатлик гарови
Саломатлик


Toshpo'latov Javohir poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfida  a'lo baholarga o'qib kelmoqda. Uning sevimli mashg'ulotlari talaygina. Kompyuter sirlarini o'rganish, rus, ingliz, koreys tillarini o'z ona tilidek bilish, ayniqsa, sportning taekvondo turi boyicha g'oliblik darajasini yanada yuksaltirish.

Kompyuterdagi hayot

Блог им. element
           Amerikalik Aleksandr Balonkin Nyu-Jersi (AQSH)dagi Texnologiya institutida bir fantastik g’oya ustida ishlamoqda. “Star” gazetasining ma'lum qilishicha, olim insonning kompyuterdagi abadiy hayotini ta'minlanishini yo'lga qo'ymoqchi. Uning fikriga ko'ra, “abadiy hayot”ga kishi miyasi mundarijasini maxsus mikrodisklarga yozib olish orqali erishiladi. Shundan so'ng u o'z hayotini “elektron" ravishda davom ettiradi. “Bunday odam, — dedi Balonkin, — oddiy kishilardan ko'ra, ancha ustunliklarga ega. Unga na ovqat, na havo va na turar joy kerak bo'ladi. U xohlasa Arktika yoki Sahroyi Kabirda sayr qilishi, hatto koinotga bemalol chiqishi mumkin”.

2-martda Mustaqil O’zbekiston Respublikasi BMT ga a’zo bo’lganiga 20 yil to’ldi

Блог им. element
     O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi va Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleya bosh qarorgohida mamlakatimizning davlat bayrog’i hilpiradi. Ushbu kundan e’tiboran Vatanimiz global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida hamda muhim xalqaro qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1993 yil 24 avgustda Toshkentda BMT vakolatxonasi ish boshladi.

Энди кеч...

Блог им. element
    Жулдур кийим кийган чол-кампир Бостондан келган поезддан тушиб, минг истиҳола билан кўзлаган манзиллари сари йўл олдилар. Гарвард университети ректорининг қабулхонасига кирар-кирмас, котиба уларнинг йўлини тўсди. Ёши бир жойга бориб қолган бу одамларнинг университет раҳбарида қандай ишлари бўлиши мумкин?
Чол паст овозда ректор билан кўришиш истагида эканини билдирди. Котиба ректорнинг вақти зиқлиги боис уларни қабул қилолмаслигини айтди.

Bo’yinbog’lar o’z egasi haqida xabar beradi

Блог им. element
     Erkaklarimizni viqorli, ko'rkam va tartibli qilib ko'rsatishda shu bir parcha matodan tikilgan bo'yinbog'ning o'ziga yarasha o'rni bor.  Mutaxassislarning aytishicha, bo'yinbog'larning rangi, chiziqlariga qarab u odam qanday fe'l-atvorga ega ekanligini bilish mumkin ekan.

1.    To'q-ko'k, to'q qizil, to'q yashil ranglar va qo'shimcha mayda nuqtali, kamtarona rasmli bo'yinbog'lar egasi kiyimlarini hammaning ko'ziga tashlanmasligini xohlaydigan, odobli va yoqimli, fikri teran, odil kishilardir.

2.    Chapga, pastga va o'ngga, yuqori tarafga tortilgan chiziqlar o'ziga ishonchli va serharakat kishini bildiradi. Ko'ndalang va chapga-yuqoriga tortilgan chiziqlar kishining tortinchoqligi va o'ziga yetarii darajada baho bera olmasligini bildiradi.

Ҳаёт қўшиғи

Ота-оналар учун
           Ривоят қилишларича, қадим замонда сулув келинчак илк бора фарзандлик бўлибди-ю, унинг ёқимли «инга» сини ҳам эшитиб улгурмай бола оламдан ўтибди. Дунёга келган иккиичи гўдакнинг тақдири ҳам она учун изтироб ва аламдан бўлак ҳеч нарса бўлмабди. Вақтлар ўтиб, аёл учинчи фарзандини хавотир аралаш қувонч билан кута бошлабди. Аммо ўша кутган вақт келгач, аёл не кўз билан кўрсинкн, туғилган бола яна йиғламасмиш. Шунда она қалбидаги ҳадсиз аламлар нидо бўлиб отилиб чиқибди, еру кўкни ларзага солибди. Аёл энди йиғламай дардларини шикаста овозда куйлай бошлабди. Бу овоздан тоғу тош мумдек эрибди. Гўдак бўлса бирдан йиғлаб юбориб, она қалбини қувончга тўлдирибди. Ана шу дардли қўшиқ алла деган ном олибди ва у муқаддас ҳаёт қўшиғи деб аталибди.

Tanbeh

Блог им. element
          Haqning do’stlari – sadoqat – poklikning konidir; haq dushmanlari yolg’onchilardir.
Tilning ixtiyorini qo’lingda asragin; so’zingni ehtiyotlik bilan so’zla. Vaqtida aytish kerak bo’lgan so’zni asrama; aytish kerak bo’lmagan gapning yaqiniga yo’lama. So’z borki, eshituvchining taniga jon kirgizadi; so’z borki, gapiruvchining boshini yelga uchiradi. Tiling bilan dilingni bir tut; tili va dili bir kishining aytgan so’zi but. So’zni ko’ngilda pishitmaguncha tilga olma; dilingda bor gapning hammasini tilingga keltirma Garcha tilni tiyish – dilga mehnatdir; ammo so’zni yoyish – boshga ofatdir.

Мен офтобга алмашмаган аёллар

Сен барибир муқаддассан, муқаддас аёл
Жамият

Томиримни тирнар кўҳна саволлар,
Юрагимда гуллар ширин хаёллар,
Эй сиз ўзбекойим, офтобжамоллар,
Мен офтобга алишмаган аёллар.

Миллатнинг эртаси, миллатнинг насли,
Сиз атир нафасли, сиз райҳон сасли,
Кетмас бўлиб келган баҳорсиз асли,
Мен офтобга алишмаган аёллар.

Kabisa yili

Блог им. element
          Yer kurrasining Quyosh atrofida bir marta to'liq aylanib chiqishiga ketadigan vaqt bir shamsiy yil deyiladi. Biz, odatda, buni oddiy yil, bir yil deymiz. Bir shamsiy yil 365 sutka-yu 5 soat 49 daqiqadan iborat. Shuning uchun bizning bir yilimiz odatda 365 sutka-yu 5 soat 49 daqiqadan iborat.  Bunda shamsiy yilning 5 soat-u 49 daqiqa hisobga olinmay qoladi. Hisobga olinmagan bu 6 soat to'rt yilda 24 soatni, ya'ni bir sutkani tashkil qiladi. Shuning uchun har uch oddiy yildan keyin bitta kabisa yili keladi. Kabisa yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun bo'ladi.

Dunyoning 7 mo'jizasi

Блог им. element
Qadimda dunyoda mashhur bo'lgan me'morlik va haykaitaroshlik obidalari «Mo'jiza» deb e'tirof etilgan. Ular ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilganligi, go'zal hamda jozibadorligi bilan o'sha zamon odamlarini hayratga solgan va ularning yettitasi asrlar mobaynida «Dunyoning yetti mo'jizasi» deb hisoblangan. Bu «Mo'jiza»lar o'rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda joylashgan bo'lib, ular quyidagilar edi:

1. Misr ehromlari — qadimgi misr fir'avnlarining maqbaralari bo'lgan. Ular yo'nib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan bo'lib, bu maqbaralar ehromlar deb atalgan.

Oti yo’qning nishi

Маънавият
Маданият ва маърифат
       Yomg'ir yog'ar edi. Sevara ishdan chiqib uyga juda shoshildi, chunki bugun  oyisining tug'ilgan kuni, u bu kunni  intizorlik bilan kutgan, oyisi uchun olgan sovg'asini  berishni va oyisining  xursandchiligini  tezroq ko'rishni juda-juda xohlardi. U avtobus bekatida tushdi va o'z uyi tomon tez -tez qadam tashlab ketdi. Uyiga yaqin qolganda, uzoqdan bir odamning ovozi qulog'iga chalindi, yomg'ir tomchilari orasidan chiqayotgan bu ovoz ketma ket yordam so'rayotgan bir keksa odamning ovozi edi.  Yaxshlab qarasa, dala yonidagi daraxt tagida bir odam yiqilib tushgan, yonida  hassasi yotibdi. Sevara uning yoniga yaqinlashib:

Latifa:

Блог им. element
...Bir boyning oltita kelini bo'lib, kechqurun chiroq yoqar paytida ortiqcha gugurt sarf bo'lmasin deb hamma lampani bir joyga yig'dirib, bitta gugurt cho'pida yoqib berar ekan. Bir kuni chiroqlarni yoqib bo'lgandan keyin boy ota hufton namoziga machitga jo'nabdi-yu, endi boshi sajdaga yetganda birdaniga esiga hujrasidagi chiroqni o'chirgan-o'chirmaganligi tushib qolibdi. Sekin o'rnidan turib, namozni chala tashlab, uyiga yugurib, ko'cha eshigini taqillatibdi. Kelinlaridan biri ichkaridan ovoz bergan ekan, boy ota:
-    Men otangizman...-debdi.
Otasining ovozini tanigan kelin: «Ota, eshik zanjirlanmagan, yuziga yopiq, kiravering»,-deb eshikni ochmoqchi bo'lgan ekan, eshik orqasidan boy ota:

Tabiat sirxonasi

Саломатлик сирлари
Саломатлик
        Inson xotirasiz nima bo'lishini xayoliga ham keltirolmaydi, ammo xotirasiz umuman oiliy mavjudot bo'lolmasligini biladi. Tirik organizmda va uning har qanday ko'rinishida keng ma'noda xotira, eng bo'lmaganda irsiy xotira bor. Shunday ekan, biz inson xotirasining hajmi, qancha ma'lumot birligini yig'ib va saqlab qolishini, qaytarib berish imkoniyatlarini bilamizmi?
        Olimlarning hisoblariga qaraganda, hozirgi EHMning faol va tezjavob xotirasiz 100 000 so'zdan va nofaol, uzoq muddatli xotirasi 300 000 ma'lumot birligidan iborat. Bu imkoniyatlar texnika yutuqlari tufayli har kuni kengayib bormoqda. Inson xotirasi va uning imkoniyatlari esa, o'sha olimlarning hisoblariga ko'ra, 10 milliard ma'lumot birligidan iborat ekan. Bu joyda ta'kidlab o'tadigan yana bir qiziq tomoni shundaki, inson miyasi nihoyatda tejamkor, ya'ni EHMga qaraganda energiyani juda ham kam sarflaydi.