avatar
Куч
1888.97
Рейтинг
+697.90

Nodir Yulchiyev

Мақолалар

Farzandingizni erkalatishdan cho’chimang

Ота-оналар учун
 
Bolalardagi muomalaga bo’lgan ehtiyoj erkalatishga bo’lgan ehtiyoj bilan chambarchas bog’liqdir. Agar bolaga sizning samimiy munosabatingiz yetishmasa, u muqarrar ravishda asabiylashadi, qo’pollik qiladi, o’zini qo’yarga joy topolmaydi. Bu “asabiylik boshlanishi” o’ziga xos samimiyatni talab qilishdir. Erkalash fe’l-atvorni yumshatadi, zarur aloqadorlikni vujudga keltiradi, shunday zarur muvozanatni o’rnatadiki, busiz samarali muomala bo’lmaydi. Bola erkalatib tegib qo’yishingizni, yaxshi so’z aytishingizni, samimiy qarashingizni kutadi. Erkalatishda saxiy bo’ling.